Yangiliklar

img
Mon, 01/05/2026 - 16:58

Sun’iy intellekt va til ta’limiga oid ilmiy maqola

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri Botir Elovning hammualliflikdagi ilmiy maqolasi Scopus bazasida indekslanuvchi Q1 toifasiga mansub nufuzli xalqaro “Kompyuter yordamida til o‘rganish” (Computer-Assisted Language Learning Electronic Journal) elektron jurnalida chop etildi.

Maqola “Sun’iy intellektga asoslangan chat-botlarning norasmiy og'zaki nutq va ijtimoiy-pragmatik ko'nikmalarni rivojlantirishdagi samaradorligi” (Effectiveness of AI Chatbots in Promoting Informal Speaking Proficiency and Social Pragmatic Skills in Uzbekistan) mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda til o‘rganish jarayonining samaradorligi ilmiy-tajribaviy asosda tahlil qilingan. Chat-botlar yordamida tashkil etilgan o‘quv jarayoni natijasida o‘rganuvchilarning norasmiy nutqi, muloqotga moslashuvi hamda ijtimoiy-pragmatik kompetensiyalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgani ilmiy dalillar asosida yoritilgan.

Mazkur maqolaning Q1 toifasidagi xalqaro jurnal sahifalarida e’lon qilinishi universitetda kompyuter lingvistikasi, raqamli texnologiyalar va zamonaviy til ta’limi yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.