Yangiliklar

img
Fri, 10/21/2022 - 14:57

O‘zbek tilining mavqeyini oshirishda tarjimaning ahamiyati

2022-yil 20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbek tili bayramiga bagishlangan "O‘zbek tilining mavqeyini oshirishda tarjimaning ahamiyati" mavzusida, taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi, adabiyotshunos, professional filolog, o‘qituvchi va uslubchi, tarjimon Nikolay Dmitriyevich  Ilyin bilan uchrashuv tashkil etildi.
Nikolay Ilyinning “Kuz belgisi ostida”, “Kichik ipak yo‘li” (Toshkent), “Kronos” (Daugavpils, Latviya), “Dunyo yodda saqlaydi uni” (Moskva), “Xalqlar do‘stligi” kabi she’rlari almanaxlarda nashr etilgan. Uning  5 ta to‘plami nashrdan chiqqan: “Birinchi daftar” (2004), “Qalb ohangida” (2005), “Vaqt izmida” (2006), “Xotira orzusi” (2008), “Xazonrezgi izidan” (2010).


Nikolay Ilyinning adabiy ijodida tarjimalar va o‘zbek zamonaviy adabiyoti tadqiqotlari alohida o‘rin egallaydi. So‘nggi ikki yil davomida u tomonidan Go‘zalbegimning “Barq urgan yaproq soyasi”, Oygul Suyundiqovaning “Men baxtli qush kabi parvozdaman”, Sirojiddin Sayyidning “Jo‘g‘rofiya mening qalbimda”, Abdulla Ahmad Muhammad Alining “Bepoyon dunyo” she’rlari tarjima qilingan.
 Bo‘lajak tarjimonlar uchun o‘kazilgan bu tadbir ularga manzur bo‘ldi.