Yangiliklar

img
Fri, 04/01/2022 - 13:34

O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti tyutorlari Yangihayot tumanida

   Bugun, 1-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti tyutorlari Jasur Ibragimov, Azizbek Ravshanov, Farhod Nodirov Yangihayot tumani Ibrat mahallasida joylashgan 8-maktabga tashrif buyurishdi. Maktabda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida “Yoshlar festivali” tashkil qilindi.

 Tadbirda yuqori sinf o’quvchilari sportning arqon tortish, basketbol savatiga koptok tushirish, “Balli oshpazlar” “Zakovat” intellektual o’yini kabi tanlovlarda bellashishdi.

   

Festival ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Jarayon davomida tyutorlar tomonidan o’quvchilar bilan davra suhbati uyushtirilib, universitetimiz haqida ma’lumotlar berildi. Festival ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.  Suhbat davomida tyutor Jasur Ibragimov  o’quvchilar uchun tez kunlarda “Ochiq eshiklar kuni” tashkillashtirilishi va unda maktabning yuqori sinf o’quvchilari qatnashishi haqida aytib o‘tdi. Bugungi tadbirdan o’zgacha ilhomlangan o'quvchilar “Ochiq eshiklar kuni”ga borish taklifini olqishlar bilan qarshi olishdi.