Yangiliklar

img
Thu, 01/20/2022 - 12:16

O'quv seminarlar tashkil etildi

Bugungi seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʻlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-61-sonli Qarori hamda  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʻlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-sonli Qarori muhokamasiga bagʻishlandi. Seminarda moliyaviy mustaqil boʻlgan OTMlar  ularning vakolatlari va imkoniyatlari borasida keng qamrovli maʼlumot berildi. Ushbu moliyaviy mustaqil boʻlgan OTMlar yildan yilga koʻpayib borishi va keyingi davrda universitet ham ushbu vakolatlarga ega boʻlishi mumkinligi haqida toʻxtalib oʻtildi. Seminar- treningni  Oʻquv-metodik boʻlimi boshligʻi V.Nazarov olib bordi.
Seminarda 50 dan ziyod professor oʻqituvchilar ishtirok etdi.