Yangiliklar

img
Tue, 01/18/2022 - 12:29

Ogoh bo'ling!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida professor-oʻqituvchilarni ogohlikka chorlaydigan “Siz firibgarlikdan xabardormisiz?” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi. Seminarda professor oʻqituvchilarga  keyingi oylarda IIB tomonidan tez-tez uchrayotgan bank kartasi bilan bogʻliq firibgarliklar va ularni oldini olish borasida kerakli va muhim tavsiyalar berildi. Seminarni Yoshlar masalalari bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor B.Xoliqov olib bordi.