Ilm-fan va innovatsiyalar – taraqqiyot omili
2026-yil 15-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoshida tashkil etilgan ilmiy-nazariy seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Sabohat Qahhorova “Ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar – taraqqiyotning hal qiluvchi omili” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalar rivoji jamiyat taraqqiyoti, ta’lim sifati hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida so‘z yuritildi. Xususan, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, innovatsion yondashuvlar orqali o‘qitish samaradorligini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ilmiy izlanishlarda zamonaviy vositalardan foydalanish, yangi g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati ta’kidlandi. Innovatsion texnologiyalar ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va muammolarga yangicha yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita ekani qayd etildi.
Seminar davomida yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlardan samarali foydalanish yangi imkoniyatlar yaratishi, ta’lim va tadqiqotlar sifatini oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalardan oqilona foydalanish va innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan ekani ta’kidlandi. Seminar ishtirokchilar o‘rtasidagi mazmunli fikr almashinuvi, dolzarb masalalar yuzasidan mulohazalar va ilmiy muloqot bilan yakunlandi.

