
HEMIS axborot tizimidan samarali foydalanish
2022-yil 17-yanvar kuni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchilari uchun “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish-HEMIS axborot tizimidan samarali foydalanish” mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi. Unda HEMIS axborot tizimining OTMga joriy etilganlik holati haqida ma’lumotlar berildi. Treningda “O‘quv jarayonini boshqarish”, “Ilmiy jarayonni boshqarish”, “Ma’muriy jarayonni boshqarish” va “Moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish” qismlarini 1-martga qadar joriy qilinishi aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, xodimlar, talabalar, fanlar bazasi, Infrastruktura, akademik arxiv, ilmiy faoliyat, doktorantura, moliyaviy faoliyat va tizim menyulari haqida tushuntirishlar olib borildi. Seminar- treningni birinchi qismini o‘quv-metodik boʻlimi boshligʻi V.Nazarov olib bordi.
Seminar-treningni ikkinchi qismini A.Yo‘ldoshev olib bordi. Unda HEMIS axborot tizimida fanlar bazasini tashkil etish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini HEMIS axborot tizimida tashkil etish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berib o‘tdi.