Buxgalteriya bo'limi
Tug‘ilgan sanasi: 18.12.1989
Millati: O‘zbek
E-mail: jonibek.aminov.89@mail.ru
Contact: +998 97 771 81 90
Qabul kunlari: 9:00 - 18:00
Dushanba-shanba
MA'LUMOT
- Buxgalteriya hisobini yo‘riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
- Buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
- Byudjet mablag‘larining, shu bilan birga, byudjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
- Tizimiga kiruvchi universitetlarda buxgalteriya hisobining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
- Universitetda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta'lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
- Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
- Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizasiya qilishda qatnashish, inventarizasiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
- Moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
- Moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;
- Moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
- Universitet rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;
- Asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
- Buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlarining, shuningdek, xarajatlar smetalarining saqlanishini ta'minlash;
- Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta'minlashdan iborat.
2009-2013
Toshkent arxitektura qurilish instituti talabasi
2013-2015
Toshkent moliya instituti magistranti
2014-2015
Kapital bank “Kredit monitoringi” bo‘limi amaliyotchisi
2015-2016
Toshkent davlat texnika universiteti hisobchisi
2016-2017
TATU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bosh hisobchisi
2017 - hozirgi paytgacha
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Hisob-kitob bo‘limi bosh hisobchisi
Buxgalteriya bo'limi
Universitet buxgalteriyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan faoliyat yuritadi. Bosh hisobchi boshchilik qiladigan universitetning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va universitetning boshqa biron bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi. Universitetda buxgalteriya hisobi yo‘riqnomaga muvofiq buxgalteriya hisobi yuritishning memorial orderi shaklida olib boriladi. Universitet buxgalteriyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobi yuritishni jurnal-order shaklida olib boradi.
Buxgalteriyaning maqsadi:
- Universitetda oylik maoshlari, mukofotlar, ustamalar, talabalar stipendiyalari to‘lanishi, tovar-moddiy zaрiralarining qabul qilinishi, ularning hisobdan chiqarilishi, tovarlarning maqsadli ishlatilish samaradorligini oshirish; mavjud binolarning holati, saqlanishi, tuzatilishi va asosiy vositalarning ishlatilishi samaradorligini oshirish va nazorat qilish; barcha shartnomalarning to‘g‘ri tuzilishi, ulardan keladigan tushumlarning nazorati va to‘g‘ri taqsimlanishi, foyda nazoratini olib borish va foyda darajasini ko‘tarishdan iborat.
Buxgalteriyaning vazifalari:
- Universitetda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab to‘lash;
- Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni hamda majburiyatlarni inventarizasiya qilish, inventarizasiya natijalarini o‘z vaqtida, to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
- Moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan nazorat o‘tkazish;
- Moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish.
Buxgalteriyaning huquq va majburiyatlari:
- Buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta'minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni universitet rahbaridan talab qilish;
- Tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;
- Mukofotlar hajmlarini belgilash, pasaytirish va berilish vaqtlari to‘g‘risida universitet rahbariga takliflar kiritish;
- Universitetning barcha bo‘linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma'lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
- Qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
- Buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda;
- Pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
- Pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
- Kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
- Buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.