
Sat, 04/02/2022 - 12:43
Axborot-resurs markazidan yangilik
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, jonkuyar ustoz Samixon Ashirboyev "Oʻzbek dialektologiyasi" nomli darsligining yangi nashrini talabalarimiz foydalanishlari uchun 50 dona Axborot-resurs markaziga taqdim etdi. Kitobda milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanishi haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Axborot-resurs markazi rahbariyati professor-olimning ilm yoʻlidagi faoliyatiga omad tilaydi. Markaz xodimlari va talabalar olimga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.