Yangiliklar

img
Wed, 10/05/2022 - 13:45

"Zakovat" o'yinlarining yangi mavsumi davom etmoqda

2022-yil 5-oktabr  kuni universitet "Zakovat" klubi koordinatori Eldor Saparov boshchiligida universitet talabalari o'rtasida  intellektual o'yinlarning navbatdagi turi tashkil etildi.  
Unda bilimga chanqoq "Benom" va "Espero" jamoalari bellashishdi. 
Qizg'in va murosasiz o'tgan o'yinda "Espero"  jamoasi  g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, "Zakovat" o'yinlari har haftaning chorshanba kuni o'tkaziladi. Unda universitetning turli fakultetlaridan tuzilgan bir nechta jamoalar mavsum davomida saralanib boradilar.