Startup
Starup loyihalari
Universitet yo‘nalishlaridan kelib chiqib ichki startap tanlovlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejaga muvofiq yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019-yilda (universitet rektorining 11.03.2019 y. №01-181-son buyrug‘i) “Ilmiy loyihalar” tanlovi o‘tkazildi. Bunda talaba yoshlarning 3 yilga mo‘ljallangan “Sohalar bo‘yicha mavzuli elektron lug‘at yaratish” kichik startap loyihalari tanlovi ko‘zda tutildi va 32 ta loyiha tanlab olindi.
2020-yilda universitet rektorining (01.15.2020 y. №01-43-son) “Startap innovasion loyihasi tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra ishchi guruh tashkil etilib tanlov o‘tkazildi. Bunda O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Shokirjon (Loyiha nomi - “WeBozor”), Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi Isroilova Nilufar (Loyiha nomi - “Daqiqalar ichida o‘zbek tili (Uzbek in minutes)”), O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Urunova Fotima (Loyiha nomi - “Navoiy-abadiy”), Tarjima anazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-bosqich talabasi Iroda Tursunoava (Loyiha nomi - “Abru ART” milliy hunarmandchilik mahsulotlar”), O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Abdusamad Egamberdiyev (Loyiha nomi - “konf.uz” inellektual xizmat ko‘rsatish servisi”), O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Adham Abduxoliqov (Loyiha nomi - “I Max” servis hizmati), O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Asomiddin Keldiyorov (Loyiha nomi - “Burgut” servis hizmati), Tarjima anazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-bosqich talabalari Javohir Ro‘ziboyev, Ozodbek Amrillayev (Loyiha nomi – studentportal.uz e’lonlar sayti)lar ishtirok etdi.
Tanlovda 1-o‘rinni, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Shokirjon (3 000 000 (uch million) so‘m), 2-o‘rinni, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-kurs talabasi Isroilova Nilufar (2 000 000 (ikki million) so‘m, 3-o‘rinni, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili yo‘nalishi 2-kurs talabasi Urunova Fotima (1 000 000 (bir million) so‘m) egalladi. Talablarga loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki summalar mukofot tarzida berildi.