Xalqaro reytingda ishtirok etish

     Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.
PF bilan quyidagi
havola orqali batafsil tanishing.

     Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish nazarda tutilgan.

     Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov boshchiligida universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishi va munosib o’rin olishi bo’yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilgan. Bir necha yillar mobaynida ushbu reyting bo’yicha ma’sul xodimlar turli xil seminarlarda qatnashib kelishmoqda. 

     Universitetning nomi bilan QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education) reyting platformalari ochilgan bo’lib, ma’sul xodimlar tomonidan ma’lumotlar yuklanib kelinmoqda. Batafsil ma’lumotlar quyida:

photo

QS (Quacquarelli Symonds)

photo

THE (Times Higher Education)