Universitet-maktab tizimi haqida

Yoshlarni bilim va malakali etib tarbiyalash, jahon taraqqiyotiga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida ta’lim tizimi izchil rivojlantirilmoqda. Oliy ta’lim sohasidagi dastlabki islohotlar, avvalo, qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi va ushbu jarayon bosqichma-bosqich takomilga yetkazilmoqda. 
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tubdan isloh qilish davr talabidir. Buning uchun, avvalo, ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilg‘or, ilmiy-metodik jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy metodika bilan ta'minlash, sifatli ta’lim muhitini yaratish uchun mas'ul bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglarni zamon talabi asosida tayyorlash va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda kasbiy rivojlantirish, shuningdek, “lifelong learning” tamoyili asosida uzluksiz holda malakasini oshirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib, “Universitet – maktab” tizimi joriy etildi. Ushbu tizim asosida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim hamda ijod maktablari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Universitetga biriktirilgan maktab o‘quvchilari uchun universitetda mavjud barcha imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, ularning bilimi va dunyoqarashini oshirish maqsadida muassasaning elektron bepul resurslari bilan ham ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. 

  

1. ARMAT - AXBOROT-RESURS MARKAZINING AVTOMATLATLASHTIRILGAN TIZIMI
Sahifaga o‘tish havolasi – armat.navoiy-uni.uz

2. O'ZBEK ADABIYOTI PLATFORMASI

Sahifaga o‘tish havolasi – uzbekliterature.navoiy-uni.uz

3. TEZKOR KUTUBXONA 

Sahifaga o‘tish havolasi – library.navoiy-uni.uz

4. BOLALAR ADABIYOTI PLATFORMASI

Sahifaga o‘tish havolasi – bolalaradabiyoti.uz

5. AXBOROT RESURS MARKAZIGA ONLAYN OBUNA 

Sahifaga o‘tish havolasi - tsuull_lib_bot