Ilmiy texnikaviy kengash
Ilmiy-texnikaviy kengash faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari
ITK ni tashkil etishning asosiy maqsadi:
- universitetda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali boshqarishni muvofiqlashtirish;
- ilmiy faoliyatga oid turli tashkiliy masalalarni muhokamasiga ilmiy jamoatchilikni jalb etish;
- ilmiy faoliyat natijalarini fan-ta’limning mos tarmoqlariga, o‘quv va ilmiy-ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etishda ishtirok etish;
- dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar ToshDO‘TU Ilmiy kengashida muhokama etilganidan keyin, ushbu hujjatlar ToshDO‘TAU ilmiy-texnikaviy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi, ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarni attestatsiya ishiga ilova qilish uchun berishni ta’minlash;
- ToshDO‘TAUning ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
- ilmiy tadqiqotlar loyihalarini olib borish va Respublikada mos sohalardagi talabni hisobga olib, ToshDO‘TAUning asosiy ilmiy-tadqiqot faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
- yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuchilarni faolligini oshirish, shuningdek iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga keng jalb etishlarini ta’minlash;
- fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-pedagogik xodimlarni imkon qadar keng jalb etish;
- ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiya va risolalarning sifati va ularning mazmunini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda xulosa berish;
- ToshDO‘TAUning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategik rejasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek yangi kalendar yil uchun ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha taklif berish;
- kompleks ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari va innovatsion loyihalarini bajarishda kafedralar ishini muvofiqlashtirish;
- ToshDO‘TAUning kafedralari rivojlanish istiqbollarini, ularda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini, ularning universitet ta’lim dasturlari va mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishiga mos kelishini aniqlash bo‘yicha takliflar berish;
- bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini baholash va tahlil qilish, shuningdek kafedralarning yillik rejalaridagi ilmiy ish yakunlarini monitoring qilish;
- o‘quv-ilmiy, ilmiy-amaliy laboratoriyalarni tashkil etilishini maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish, ularning rejalari va hisobotlarni tasdiqlash;
- ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlari va innovatsion loyihalarning natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish va baholash, shuningdek ularni davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
- chop etishga tayyorlangan ilmiy ishlarni va maqolalarni muhokama qilish va ekespert xulosasini berish;
- ilmiy-tadqiqotlar olib borish bazasidan foydalanish samarasini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini davriy ravishda eshitib borish va monitoring qilish;
- fakultetlar, kafedralar ilmiy seminarlar ish faoliyati bo‘yicha xisobotlarni eshitib borish va monitoring qilish;
- muhokama qilinishi kerak bo‘lgan takliflar, loyihalar va boshqalar bo‘yicha xulosa tayyorlash uchun ekspert guruhlarini shakllantiish;
- “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallarining faoliyati, xususan chop etiladigan maqolalarning sifati va mazmunini nazorat qilish;
- “Oltin bitiklar”, “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnallariga kelib tushadigan maqolalarni tahlil qilib beruvchi ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda rag‘batlantirish;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti universitetining Ilmiy-texnikaviy
kengashi to‘g‘risida NIZOMiga 1-ilova. Ilova
ToshDO‘TAU Kengashining 2019-yil 27-apreldagi
№ 9-son qarori bilan tasdiqlangan
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashi a’zolari ro‘yxati
№ | F.I.O. | Lavozimi Ilmiy darajasi | Ilmiy-texnikaviy kengashdagi lavozimi |
1. |
Abdirashidov Z. | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, DSc, dotsent | ITK Raisi |
2. |
Jo‘raqo‘ziyev N. | Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, PhD | ITK Raisi o‘rinbosari |
3. |
Baxronova D. | Til nazariyasi kafedrasi, PhD, dotsent | ITK kotibi |
4. |
Yo‘ldoshev Q. | O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi, f.f.d., professor | a’zo |
5. |
Dadaboyev H. | Til nazariyasi kafedrasi, f.f.d., professor |
|
6. |
Niyazmetova R. | O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi, f.f.d., professor | a’zo |
7. |
Abdushukurov B. | O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani, f.f.d., professor | a’zo |
8. |
Sobirov A. | O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.d., professor | a’zo |
9. |
Ashirboyev S. | O‘zbek tilshunosligi kafedrasi, f.f.d., professor | a’zo |
10. |
Mengliyev B. | Amaliy filologiya kafedrasi mudiri, f.f.d., professor | a’zo |
11. |
Jabborov N. | O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi, f.f.d., professor | a’zo |
12. |
Karimov B. | Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi, f.f.d., professor | a’zo |
13. |
Muxamedova S. | Amaliy filologiya fakulteti dekani, f.f.d., professor | a’zo |
14. |
Jo‘raqulov U. | Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi, DSc, professor v.b | a’zo |
15. |
Zohidov R. | Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi, f.f.d., dotsent | a’zo |
16. |
Xolmanova Z. | Til nazariyasi kafedrasi mudiri, f.f.d., professor | a’zo |
17. |
Normurodova N. | Madaniyatlarararo muloqot va turizm kafedrasi, DSc, dotsent | a’zo |
18. |
Raupova L. | O‘zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti dekani, f.f.d., professor | a’zo |
19. |
Abdullayeva M. | O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi, DSc, dotsent | a’zo |
20. |
Yusupova D. | O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi, f.f.d., dotsent | a’zo |