Yangiliklar

img
Sun, 03/03/2024 - 17:36

Yosh tarjimonlar uchun mahorat darsi

Joriy yilning 2-mart kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti nemis tili yo'nalishi talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.  Xorijiy tillar kafedrasi nemis tili o’qituvchisi Dilorom Isroilova fakultetning 1-2-3-bosqich talabalariga nemis tilidan saboq berib kelmoqda. Bo'lajak tarjimonlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida o'qituvchi o'z darsiga atoqli tarjimon Hafiza Qo'chqorovani taklif etdi.  Hafiza Qo'chqorova O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori, “Yosh mutarjimlar“ maktabi rahbari sanaladi. U zamonaviy nemis yozuvchilari Jenni Erpenbekning “Makon istab”,  Daniel Glattauerning “Shimol shamoli  shashti”, Elke Haydenreich va Bernd Shro’derlarning “Azaliy ishq”, Elmiger Dorotening  “Jasorat tafti”, Frants Ho’lerning  “Sayr  sayqali” kabi asarlarini o’zbek tiliga bevosita tarjima qilgan. 

 

U talabalarga badiiy tarjimaning o'ziga xos jihatlarini batafsil tushuntirib berdi. Mashg'ulotda kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar faol ishtirok etishdi. Hafiza Qo’chqorova badiy tarjima jarayonida so’z tanlash, tarjima xususiyatlarining ahamiyati, ijodiy va badiiy yondashuv masalalari haqida so’z yuritdi. Talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O’qituvchi Dilorom Isroilova, o‘z navbatida, mehmonga qiziqarli mahorat darsi uchun  universitet va professor-o’qituvchilari nomidan minnatdorchilik bildirdi.