Yangiliklar

img
Wed, 12/07/2022 - 18:10

Yong‘in — tilsiz yov

2022-yilning 7-dekabr kuni mamlakatimizga sovuq havo massalarining kirib kelishi va kuz-qish mavsumining osoyishta, betalofat o'tishi yuzasidan Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbiri uyushtirildi. Tadbirda talabalarga va universitet xodimlariga zaruriy tavsiyalar berildi. Qolaversa, yongʻin xavfsizligi, is gazidan zaharlanish holatlari yuzaga kelmasligi borasida qanday ishlar amalga oshirish lozimligi, qo'lbola isitish vositalaridan foydalanmaslik tushuntirildi.