Yangiliklar

img
Thu, 02/23/2023 - 12:24

Yaxshi dam — mehnatga hamdam

Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va universitetda joriy etilgan “Toʻgaraklar kuni” tadbirlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsadida Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti tashabbusi bilan 2023-yil 22-fevral kuni  316-majlislar zalida xushovoz xonanda Shuhrat Daryo bilan davra suhbati va ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
 Uchrashuvda talabalar va  professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi 
 Xonanda Shuhrat Daryo asli kasbi terapevt shifokor ekanligi, nega 14 yillik shifokorlik kasbidan ketib, sanʼatni tanlashga qaror qilgani, Daryo taxallusining tanlanishi, qoʻshiqlariga sheʼrlarni qanday tanlashi, sanʼat sohasida amalga oshirmoqchi boʻlayotgan yangiliklari, sanʼat olamiga u kim yetaklab kelganligi haqidagi savollarga atroflicha javob berdi.  


 “Qoʻshiqlaringizni eshitganda odam daryo boʻlib oqadi”, deb eʼtirof etishdi, ammo shuni taxallus qiling, deyishmadi. Mana shu suhbatdan keyin maqsadim qoʻshiqlar daryosini yaratish, demak, Shuhrat Daryo boʻlib ijodimni davom ettiraman, deb niyat qildim. Ammo 5 yilga qadar bu taxallusni ommaga eʼlon qilishga hayiqib yurdim. 


Haqiqatan ham 1994—2008 yillari professional shifokor sifatida faoliyat yuritganman. 2006 yilda Iqbol Mirzo sheʼri asosida “Koʻylaklari bilan choʻmilgan qizlar” qoʻshigʻini ijro etganimdan keyin rejissyorlar “Aka, endi qoʻshiqni taxallusingiz bilan eʼlon qilaman. Xalq juda yaxshi qabul qiladi”, deyishdi. Ilk marta shu qoʻshiqni Shuhrat Daryo taxallusi bilan efirga berdik. Bu qoʻshiq haqiqatan ham ijodimda yangi burilish yasadi va tashrif qogʻozimga aylandi, — deydi xonanda Shuhrat Daryo.


Davra suhbati va ijodiy uchrashuv juda jonli tarzda tashkil etilib, yigʻilganlarning barchasida yaxshi taassurot qoldirdi.