Yangiliklar

img
Wed, 12/20/2023 - 13:52

Yangi yil karnavali bo'lib o'tdi

Yoshlar ijod saroyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti  talabalari va pedagogik jamoasi ishtirokida Yangi yil karnavali bo'lib o'tdi. 
Karnavalda "Yangi yil bilimdoni" viktorinasi, yangi yil badiiy chiqishlari, "Quvnoqlar va zukkolar" o'yinining universitet final bosqichi o'tkazildi.
Bu yil yangi yil shukuhi har yilgidan boshqacha , sababi bayram tantanalari o'zgacha ko'tarinkilik bilan o'tkazilmoqda. Bugungi tadbir ham aynan shunday go'zal lahzalarga boy bo'ldi. Tadbir so'ngida yil davomida o'zining faolligi, tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan bir guruh talabalar taqdirlandi.