Yangiliklar

img
Wed, 04/24/2024 - 12:19

Yangi nashr: “Seningdirman”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbektili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Rustam Mirvohid qalamigamansub “Seningdirman” kitobining  taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Kitobxonlik va she’riyat” mavzusidagi mazkur tadbirda xonandalar – “E‘tirof” mukofoti sohibasi Fazilat Ahmedova va  estrada xonandasi Shahriyor Ostonbekovlar ishtirok etib, shoirning she‘rlariga bastalangan qo‘shiqlardan bahramand etishdi.
Ushbu tadbir tashkilotchisi O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi va Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazidir.
Muhammad Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, filologiya fanlari doktori Gulbahor Ashurova va professor Abdulla Ulugʻov va boshqalar Rustam Mirvohidning ijod yo‘li, o‘z yo‘nalishiga, uslubiga ega bo‘lgan ijodkor ekanini ta’kidladi.  
Darhaqiqat, Rustam Mirvohid she’rlarida joziba, o‘ziga xos ohanrabo bor. Vatan, tabiat, xalq, muhabbat mavzularida yozgan g‘azal va she’rlari o‘quvchini mushohadaga chorlaydi. Shoir ijodida mumtoz adabiyot an’analaridan borish, ko‘hna qadriyatlarga sodiqlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.

 

“Seningdirman” to‘plamini o‘qigan kitobxon ko‘zi o‘ngida Rustam Mirvohid samimiy va to‘g‘riso‘z shoir sifatida gavdalanadi. Ijodkor she’rlarining mavzu ko‘lami ham juda keng.  
Kitobdan “Ona va Vatan mehri”, “Onaning ko‘ziuchsa”, “G‘oyibona”, “Dilim sozi”, “Muhabbat” kabishe’rlari hamda Aleksandr Sergeyevich Pushkin, Yakub Kolas, Sergey Yesenin ijodidan qator tarjimalar o‘rin olgan.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning ijodiy faoliyati va yangi to‘plami yuzasidan fikr bildirdilar. “Fuzuliy dilbandlari” to‘garak a’zolalari shoirshe’rlaridan o‘qishdi. Yig‘ilganlarga “Seningdirman”kitobi tuhfa etildi.  
Aytish kerakki, Rustam Mirvohid 1987-yiliToshkent shahrida tug‘ilgan.  2007-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik  instituti –hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida “Bu – oshiq so‘zim” nomli kitobi chop etilgan. Shuningdek, “To quyosh sochgayki nur: Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoshlari nigohida”, “Bahrdanbahralar” , “Dil quyoshi” nomli kitoblari nashrdan chiqqan.