Yangiliklar

img
Wed, 09/21/2022 - 18:27

Yangi nashr

Bugun, 21-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yozuvchi Xolmuhammad Karimiyning "Samarqand fasli" kitobining taqdimoti o‘tkazildi. 
Taqdimotda taniqli yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, ijodkor yoshlar ishtirok etdi. Tadbir O‘zbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

 

Xolmuhammad Karimiy 1966-yilda Surxandaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Sheroz qishlog‘ida tug‘ilgan. 1990-1995-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan. Uning “Hurayro”, “Hurliqo”, “Buni hayot deydilar”, “Ovunchoq tosh”, “Urush ko‘rgan odamlar” nomli qissa va hikoyalar to‘plami nashr etilgan. Yozuvchining so‘nggi “Samarqand fasli” nomli kitobi Turkiyada nashr qilingan. Mazkur kitobga 30 dan ortiq hikoyalar va “Samarqand fasli” nomli qissasi  kiritilgan.