Yangiliklar

img
Tue, 02/28/2023 - 20:23

Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida Startap loyihalar tanlovi natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovini e’lon qilgan edi.


Avval xabar berganimizdek tanlovga jami 18 ta loyiha kelib tushdi. Startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2023-yilning 27-fevral kuni o‘tkazildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning taqdimotlari hamda savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 13 ta loyihani tanlab oldilar. Bular quyidagilar:

F.I.O.

Loyiha nomi

Kursi

1.

Umrzoqov Abbos Usmonali o‘g‘li

TOShDO‘TAUda audio kutubxona ilovasini yaratish

O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs 403-guruh talabasi

2.

Xudoynazarova Gavharshodbegim Shurhat qizi

“Devoni lug‘otit-turk”dagi matnlardan toponimlarni avtomatik aniqlash

Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi

3.

Azimjonov Husniddin Ibrohim o‘g‘li

O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar izohli lug‘ati mobil ilovasi

O‘zbek tili ta’limi fakulteti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 304-A guruh talabasi

4.

Ermatova Durdona Zafarjon qizi

Xorijliklar uchun o‘zbek tili darsligi (A2)

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik                 2-kurs magistranti

5.

Nizomov Furqat Shahriddin o‘g‘li

O‘zbek tili uchun matn klassifikatori

O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi

6.

Ortiqaliyeva Go‘zalxon Mashrabjon qizi

“tilshunoslar.uz” bibliografik platformasini yaratish

O‘zbek filologiya fakulteti  4-kurs 402- guruh talabasi

7.

Qodirov Kamoliddin Qodirjon o‘g‘li

ToshDO‘TAU yosh olimlari telegram bot sahifasini yaratish

Ijtimoiy gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari  fakulteti 2-kurs 201KL-guruh talabasi

8.

Shakirova Sevara Toxirjon qizi

Filologlar uchun Adobe Photoshop dasturini o‘rganish mobil ilovasi

Ijtimoiy-gumanitar fanlar  va axborot texnologiyalari fakulteti, Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

9.

Shavkatova Mohinur Shuxrat qizi

Yangi  O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mobil ilovasini yaratish

Ijtimoiy-gumanitar fanlar  va axborot texnologiyalari fakulteti, Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi

10.

Tolliboyev Jamshid

Rus tilidan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘zlar muqobilini yaratish

O‘zbek filologiya fakulteti  3-kurs 302-N guruh talabasi

 

11.

Abdurahmonova Zarnigor Giyosboy qizi

“Simple” o‘zbekcha-fransuzcha darslik mobil ilovasini yaratish

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs 201-guruh talabasi

12.

Xasanov Abdixalil Rashid o‘g‘li

O‘zbek tilining faol omonimlar lug‘ati mobil ilovasini yaratish

O‘zbek tili ta’limi fakulteti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi                1-kurs 102-guruh talabasi

13.

Nizomova Fotima

O‘zbek tilidagi gap bo‘laklari tartibini avtomatik aniqlash dastur yaratish

Ijtimoiy-gumanitar fanlar  va axborot texnologiyalari fakulteti

1-kurs talabasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xabaringiz bor Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovini e’lon qilgan edi.


Avval xabar berganimizdek tanlovga jami 18 ta loyiha kelib tushdi. Startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2023-yilning 27-fevral kuni o‘tkazildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning taqdimotlari hamda savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha 13 ta loyihani tanlab oldilar. Bular quyidagilar:
Startap loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha ro‘yxatdagi talabalar 3-martdan kechikmasdan 421-xonaga (Sanjar Mavlyanov) kelishlari kerak bo‘ladi.


Qolgan talabgorlar hamda talabalarning takliflarini inobatga olib yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida Startap loyihalar tanlovi sentyabr oyida ham bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.