Yangiliklar

img
Sat, 03/30/2024 - 17:44

Xorijdagi oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun seminar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari uchun oʻquv seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori Margʻuba Abdullayeva “Mumtoz asarlarni sharhlab o'qitish usullari”
 mavzusida ma’ruza “Mumtoz asarlarni sharhlab o'qitish usullari” mavzusida ma’ruza qildi. 
Seminarda xorijda oʻzbek adabiyotini oqitishdagi muammolar, adabiyotlar taqchilligi bilan bogʻliq savollarga atroflicha javob berildi hamda kelgusida qozogʻizistonlik va qirgʻizistonlik oʻqituvchilar bilan doimiy muloqot oʻrnatilib, ularga oʻquv-uslubiy koʻmak berishga kelishildi.