Yangiliklar

img
Wed, 02/21/2024 - 16:24

Xalqaro ona tili kuni nishonlandi

2024-yilning 20-fevral kuni ToshDO‘TAU O‘zbek tili ta’limi fakulteti va Akademik litseyi  hamkorligida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Akademik litsey direktori B.Adizov ochib berdi. U o‘z nutqida Akademik litsey va  universitet o‘rtasidagi  har tomonlama hamkorlik, uning natijalari va kelajakdagi rejalari to‘g‘risida gapirdi va barchani xalqaro  ona tili kuni bilan tabrikladi.
Keyingi so‘z  O‘zbek tili ta’limi fakulteti   dekani prof.S.Muhamedovaga berildi. U o‘z chiqishining avvalida  universitetning tashkil topishi, ustuvor vazifalari, xalqaro nufuzi hamda mazkur universitetda mavjud bo‘lgan ta’lim  yo‘nalishlari, mutahassisliklar  haqida to‘liq ma‘lumot berdi. So‘ngra S.Muhamedova Xalqaro Ona tili kuniga bag‘ishlangan taqdimotida Xalqaro ona tili kuni qachon va nima uchun belgilangani  haqida  yangi ma’lumotlarni bayon qildi. Ushbu ma’lumotlar qiziqarli va yangi bo‘lgani uchun talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, tadbirda Akademik litseyning talabalari ishtirokida  ona tili, dunyo tillariga bag‘ishlangan badiiy kompozitsiya namoyish etildi.

 

Mazkur tadbirda fakultet dekani o‘rinbosarlari N.Nuradullayev, I.Jahonov,  O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi  kafedrasi dotsenti Sh.Isayeva ham so‘zga chiqdilar.Ular ham Xalqaro ona tili kuni, universitet va Akademik litsey hamkorligini yanada qo‘llab-quvvatlash  yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbir  so‘nggida  Akademik litsey direktori B.Adizov universitetdan kelgan professor-o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirib,  hamkorlikning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlar qilinishi haqida gapirdi.