Yangiliklar

img
Fri, 02/24/2023 - 10:27

Voleybol bo‘yicha qizlar musobaqasi

23-fevral kuni sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar oʻrtasida Universitet birinchiligi oʻtkazildi. Barcha fakultetlarning chaqqon va epchil qizlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘zaro bellashdilar. Murosasiz kechgan  sport  musobaqasi yorqin xotiralarga boy bo‘ldi.  Yakuniy natijalarga ko‘ra  5 ta fakultetning qizlar terma jamoalaridam  3-o‘rin Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti, 2-o‘rin Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti va nihoyat  1-o‘rin Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti qizlariga nasib etdi.  G‘olib jamoalarni tabriklab qolamiz.


 Musobaqani oʻtkazishda faollik koʻrsatgan universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori B.Xoliqov, universitet sport murabbiysi R.Alimboyeva, barcha fakultetlarning sohaga aloqador dekan o‘rinbosarlari, guruh tyutorlari,universitetga biriktirilgan profilaktika noziri podpolkovnik D.Sangirovlarga minnatdorchilik bildiramiz.  Unutmang,  SPORT — SOGʻLIQ GAROVI.