Yangiliklar

img
Wed, 10/05/2022 - 11:04

Ustozlar e'zozda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari tashabbusi bilan "Adiblar xiyoboni"da "Ustozlarga ehtirom" mavzusida badiiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 
Tadbirda yosh tarjimonlar tomonidan ustozlarni madh etuvchi turli tillardagi go'zal she'rlar, tilaklar aytildi. 
Ajoyib sahna ko'rinishlar ijro etildi. Zamonaviy va mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining ijod namunalaridan parchalar eshittirildi. 


Ushbu ajoyib tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi.