Yangiliklar

img
Mon, 05/23/2022 - 17:22

Universitetimizga jahonga mashhur ijodkor tashrif buyurdi

Joriy yilning 23-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalarining alban-amerikalik shoir, yozuvchi, tarjimon, adabiy tanqidchi, noshir va faylasuf, olim Gekyo Marinay bilan ijodiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Uchrashuv davomida yozuvchi, filologiya fanlari doktori Ulugʻbek Hamdam soʻzga chiqib, qatnashchilarga "Shoir va zamon" mavzusida oʻzining fikrlarini bayon etdi.

Tadbirda universitetimiz talabalari Gekyo Marinayning o’zbek tiliga o’girilgan she’rlaridan namunalar aytishdi.

Ma’ruzalardan so’ng talabalar va yozuvchi Gekyo Marinay bilan davra suhbati tashkil etildi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Maʼlumot oʻrnida, Alban-amerika shoiri, yozuvchi, tarjimon, adabiy tanqidchi, noshir va faylasuf Gekyo Marinay 1965-yilning 26-mayida Albaniyaning buyuk Malesiya okrugida dunyoga kelgan. Shoir ijod yo’lidagi ma’lum to’siqlar tufayli dastlab Albaniyadan Yugoslaviyaga, so’ngra Amerika Qo’shma Shtatlariga ko’chib o’tgan. Marinay Аlbaniya hukumatining eng yirik xalqaro adabiy mukofoti – “Albanian BookerMan”, “The Pjetër Arbnori Prize” nomidagi “The Sojurin Prize” mukofoti; "The Golden Pen Award" va Vyetnam mamlakatining qator nufuzli mukofotlari va Italiyaning 2019-yilgi Xalqaro mualliflik mukofotlari bilan taqdirlangan. Albaniya hukumati tomonidan mehmonimizga “Nation's Ambassador” unvoni berilgan. Gekyo Marinayning "Mendan nari ketma", "Ko'zguning boshqa tarafi", "Cheksizlik", "Yakshanba ibodati","Sir saqlanmas narsalar" singari to’plamlari nashr etilgan. Gekyo Marinay hozirda AQSHning Texas universiteti tarjima tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikdagi jahon adabiyoti nashriyoti ― “Mundus Artium Press”ning direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.