Yangiliklar

img
Tue, 02/07/2023 - 15:18

Universitetimiz vakillari G'arbiy Kaspiy universitetida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Ozarbayjonning nufuzli G‘arbiy Kaspiy universiteti  o‘rtasida 2022-yil noyabr oyida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Bu memorandum THE (Times Higher Education)  reyting tashkilotida ta'lim sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha peshqadam bo‘lgan G‘arbiy Kaspiy universiteti bilan strategik ahamiyatga ega kelishuvdir.  Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori N. Normurodova hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. Jo‘raqo‘ziyevlar G‘arbiy Kaspiy universitetida bo‘lib,  hamkorlikdagi istiqbol rejalarni muhokama qilishdi.  Vakillarimiz G‘KU vasiylik kengashi raisi Hussein Bagirov bilan suhbatda  ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish,  SCOPUS bazasida indekslanuvchi konferensiyalar tashkil etish,  pedagog xodimlarning malakasini oshirish va yana boshqa ko‘plab masalalarda kelishib oldilar. G‘KU prorektori G. Mammedova universitetimiz vakillariga o‘z oliygohida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, sifatli ta'lim ko‘rsatkichida yuqori natijaga erishishda muhim sanalgan indikatorlar va umuman xalqaro reytinglardagi muvaffaqiyatli ishtirok uchun bosib o‘tilgan yo‘l haqida batafsil ma'lumot berdi.