Yangiliklar

img
Fri, 06/03/2022 - 16:15

Universitetimiz professor-o'qituvchilari Polshada

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Aida Bumatova hamda Zaure Kertaeva Polshaning Bialstok universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida universitetimiz vakillari mazkur universitet filologiya fakulteti dekam o’rinbosari Robert Szymula bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki universitet o’rtasidagi akademik almashinuv va madaniy hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi, o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish takliflari muhokama qilindi.

“Madaniyatlararo aloqa va turizm” kafedrasi katta o’qituvchisi Zaure Kertaeva tomonidan Bialstok universitetining ingliz filologiyasi fakulteti talabalari uchun “Vigotskiyning ijtimoiy-madaniy nazariyasini o’qitish va mustaqil o’rganishni osonlashtirish” mavzusida ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazildi.

Ma’ruzada ijtimoiy-madaniy nazariyaga oid masalalar, uning mashg’ulotlarda qo’llanilishi, mustaqil ta’limni qo’llab-quvvatlash usullari haqida fikr yuritildi.

Talabalar va polshalik o’qituvchilar ham mazkur mavzular yuzasidan o’z ta’limiy tajribalari bilan o’rtoqlashdi. Maʼlumot oʻrnida, Polshaning Bialstok universitetidan kelgan professor Krzysztof Szezgielski universitetimiz talabalari uchun maʼruza mashgʻulotlari olib borgan edi.