Yangiliklar

img
Wed, 03/06/2024 - 21:00

Universitet malikasi aniqlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida har yili an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Universitet malikasi” koʻrik tanlovining 2024-yilgi musobaqalari yakunlandi. Fakultet bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan yetti nafar aqlli, orasta va chaqqon qiz universitet bosqichida oʻzaro bellashdi. Beshta shartda qizlarning sportdagi, oshxonadagi, bilimdagi va san’atdafi mahoratlari sinovdan oʻtkazildi. Yakuniy natijalarga koʻra  Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi Eshboyeva Sevinchbonu “Universitet malikasi-2024” tanlovi  g‘olibi boʻldi.
Barcha ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.