Yangiliklar

img
Wed, 03/06/2024 - 18:43

Turkiya safari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz ustoz va talabalaridan iborat guruh Anqara G’ozi universitetida safarda bo'lib turishibdi. Safarning navbatdagi kunida Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti delegatsiyasi Gazi universiteti rektori professor Musa Yildiz qabulida bo‘ldi. Mazkur universitet 1926-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 98 yoshda. Hozirda Gazi universitetida 25 fakultet mavjud. Shulardan Ta’lim fakulteti Turkiyaning eng yuqori reytingiga ega. Dunyo QS reytingida esa 27-o‘rinda turadi.    
Shuningdek, safar davomida vakillarimiz Anqara G’ozi universitetining Markaziy kutubxonasida bo’lib, u yerdagi bo'limlar, elektron adabiyotlar bazasi, nodir qo’lyozmalar fondi bilan tanishdilar. Shuningdek, kutubxonada imkoniyati cheklangan (ko’zi ojiz) talabalar uchun Brayl alifbosiga asoslangan maxsus texnologik ta’minot haqida ma'lumotga ega bo'ldilar. 
Delegatsiyamiz tarkibidagi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari esa  dars jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda. Turkiyadagi talabalarga O'zbekiston ta'lim tizimi haqida universitetimiz talabalari tomonidan atroflicha ma'lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, universitetimiz delegatsiyasining har bir  a'zosi nomidan G'ozi universiteti hududiga daraxt o'tqazildi.