Yangiliklar

img
Mon, 02/27/2023 - 19:56

Turkiy xalqlar adabiyotidan turkiyalik olim ma'ruza olib bormoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Turkiyaning Bandirma universiteti professori,  taniqli turkolog,  adabiyotshunos olim Baxtiyor Aslan talablarga saboq bermoqda. Olim O‘zbek tili va adabiyoti, Folklorshunoslik va dialektologiya, Tarjima nazariyasi  va amaliyoti, O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta'lim yo‘nalishlari talabalariga   Turkiy xalqlar adabiyoti fanidan ma'ruza o‘qiydi.  Talabalar turkiyalik olimdan xorijda o‘qish,  turkologiya sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, zamonaviy turkiy adabiyotning jahon miqyosidagi targ‘iboti bo‘yicha ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ladilar.


Baxtiyar Aslan o‘z ma'ruzalarida turkiy dunyoning tili,  adabiyoti va madaniyatiga doir qator bilimlarini  talabalarga ulashadi.