Yangiliklar

img
Sat, 03/30/2024 - 12:12

ToshDOʻTAUda avtomobilsiz kun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoniga asosan bugun (29 mart) respublika bo‘ylab "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Bugun tongda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyat xodimlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ishga va o‘qishga piyoda,  velosipedda hamda jamoat transportida kelishdi 

Loyihani  o‘tkazishdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.