Yangiliklar

img
Tue, 03/14/2023 - 20:33

Tojikistonning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatildi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tojikistonning Dushanbe shahrida Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlarining birinchi forumi bo'lib o'tmoqda. Forumda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 
Forum davomida Tojikistonning to‘rtta nufuzli oliy ta'lim muassasasi bilan universitetimiz o'rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. S.Ulug'zoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti, B.G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti, S.Ayniy nomidagi Panjikent davlat pedagogika universiteti, Panjikent davlat pedagogika instituti endilikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamkoridir. Ushbu memorandumlarda talabalarning akademik mobillik asosida almashinuvini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy seminarlar, konferensiya va forumlar o'tkazish, tojikistonlik talabalar uchun ToshDO‘TAUda onlayn va oflayn o‘qish imkoniyatini kengaytirish, Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalarning maqolalarini hamkor OTM ilmiy nashrlarida chop etish singari muhim masalalar ko'zda tutilgan.


Sh.  Sirojiddinov universitet tadqimotida Tojikistonda o'zbek tili va adabiyotini o'qitish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqishda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU tayanch vazifasini bajarishi, hamkor Tojikiston OTMlarini ushbu yo'nalishda o'quv-uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi. O'z navbatida, til o'qitish metodikasi, pedagogika, manbashunoslik, matnshunoslik, adabiyotshunoslik sohalarida hamkorlik aloqalarini bosqichma-bosqich kengaytirib borishga kelishib olindi.