Yangiliklar

img
Fri, 12/24/2021 - 13:56

Tarjima masalalariga bagʻishlangan konferensiya

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Oʻzbek zamonaviy adabiyotini xorijiy tillarga tarjima qilish va chet mamlakatlarda targʻib qilishning dolzarb masalalari”ga bagʻishlangan Ikkinchi respublika konferensiyasi oʻtkazildi. 
Konferensiya amaliy yoʻnalishda tashkil etilib, unda oʻzbek zamonaviy adabiyotidan xorijiy tillarga tarjimalar qilayotgan tarjimonlarning mahorat saboqlari tashkil etildi. 
Tadbirda mutaxassislar zamonaviy oʻzbek sheʼriyati hamda nasrini Yevropa va Sharq tillariga tarjima qilish muammolari, taglama tarjimalar sifatini oshirish masalalari, tarjima asarlarda milliy koloritni saqlab qolish, tarjimonlar tayyorlash muammolarini muhokama qilishdi. 
Тadbirda ToshDO‘TAU talabalari ham ishtirok etdi.