Yangiliklar

img
Mon, 04/01/2024 - 14:00

Tadqiqotchilar uchun malakaviy imtihonlar o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida joriy yilning 30-mart kuni oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida tahsil olayotgan tadqiqotchilar uchun mutaxassislik va qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malakaviy imtihonlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:

10.00.01 - O‘zbek tili
10.00.02 - O‘zbek adabiyoti
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.10 —  Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
10.00.11 — Til nazariyasi. Kompyuter lingvistikasi
13.00.02 — Ta’lim nazariyasi va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti)

 

Quyidagi fanlardan qo‘shimcha imtihonlar o‘tkazildi: 
Jahon adabiyoti nazariyasi va qiyosiy adabiyotshunoslik, Chog‘ishtirma tilshunoslik va lingvotarjimashunoslik, Folklor va adabiy manbashunoslik, Matn va uni talqin qilish tamoyillari, Adabiyotshunoslik metodologiyasi, Badiiy tahlil asoslari 

 

Mutaxassislik fanlardan imtihonlar filologiya fanlari doktori, akademik Sh.Sirojiddinov, filologiya fanlari doktori, professor N.Normurodova, filologiya fanlari doktori, professor N.Jabborov, filologiya fanlari doktori, professor S.Ashirboyev, filologiya fanlari doktori, professor D.Yusupova, filologiya fanlari doktori, professor H.Dadaboyev va pedagogika fanlari doktori, professor R.Niyozmetovalar raisligida shaffof tarzda o‘tkazildi.