Yangiliklar

img
Tue, 04/09/2024 - 18:21

Sohibqironning shonli tarixi

2024-yilning  9-aprel kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining ma’ruzalar zalida ulugʻ sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov hamda professorimiz Hamidulla Dadaboyev oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Akademik Shuhrat Sirojiddinov “Amir Temur davrida ilm-fan taraqqiyoti” mavzusida ma’ruza qilib, unda ikkinchi renessans davriga zamin yaratgan sohibqiron bobomizning shonli hayoti haqida soʻz yuritildi. Osoyishta va farovon hayot ta’minlansagina ilm-fan, madaniyatda ijobiy inqilob boʻlishi temuriylar tarixi misolida tahlil qilindi.
Professor Hamidulla Dadaboyev “Jahon harb ishi va harb san’ati rivojida ajdodlar o‘rni: adabiy va tarixiy manbalar misolida” mavzusida soʻz yuritib, oʻzining uzoq yillik ilmiy izlanishlari asosida muhim xulosalarni oʻrtoqlashdi.
Davra suhbatida ziyolilar, talaba-yoshlar, jamoat faollari, shuningdek, videokoʻprik orqali mamlakatimizning barcha viloyatlaridan vakillar ishtirok etishdi.