Yangiliklar

img
Sat, 01/28/2023 - 12:43

Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish ustuvor vazifa

Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar Yer yuzida qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha kishilar tinchlik va ravnaq topishdan bahramand bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha global miqyosda harakat qilishga da’vatdir. Bu esa 2015-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 3 tamoyiliga muvofiqdir.  Bu tamoyil “Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish” deb nomlanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish hamda yuqori natijaga erishish uchun jismoniy madaniyat va sport sohasini aholi o‘rtasida ommalashtirishni ta’minlash, sog’lomlashtirish jarayonining qonuniyatlarini chuqur o‘rganish va bugungi kun talablariga javob bera oladigan barkamol yosh avlodni tarbiyalash yo‘llarini ta‘tbiq qilish lozim. 
2022-yil dekabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar hamda magistrantlar uchun ilmiy nazariy-metodologik seminarlar o‘tkazildi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Akramov Hasan Furkatovich tomonidan “Yoshlar turmush sifatini takomillashtirishda sportning o‘rni va roli” mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari aynan yuqoridagi muhim masalalarga bag’ishlandi. 
Ushbu ilmiy-nazariy seminarda jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlar asosida mazkur sohani yanada rivojlantirish imkoniyatlari haqida gapirib o’tildi. Bunda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolarning tub ildizi, aniqlash va uning mohiyatini ochib berilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, adabiyot manbalarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish orqali sportning ijtimoiy institut sifatidagi faoliyati sotsiologik jihatdan tahlil qilindi. Yoshlar turmush sifatiga o‘z ta’sirini tadqiq etishda o‘ziga xos nazariy metodologiyani shakllantirishda sport instituti faoliyatining tahlili orqali sport indikatorlarini ishlab chiqish hamda uning indikatorlari ta’sir darajasini aniqlashda ilmiy gepoteza ilgari surilgan. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya Qo’mitasi (MOQ) arxivi, ommaviy axborot vositalari materiallari tahlili va sharhi tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil qilish umumiy xulosani ishlab chiqishga xizmat qildi. Bu esa mavzu doirasida yoshlarning turmush darajasi va sifatini oshirishda sport institutining maxsus indikatorlari muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan.


Ilmiy seminarda milliy sport qadriyatlarining ahamiyati va uning mamlakatimiz uchun umumiy o‘xshashliklarning qiyosiy tahlili, sharqona va zamonaviy me’yorlari, qoidalari ularning yoshlar hayotidagi ahamiyati bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bu esa talaba yoshlarning ta’lim va tarbiya borasidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Seminarda ishtirok etgan professor o‘qituvchilar, talabalar hamda magistrantlar muhokamalarda faol ishtirok etishdi.