Yangiliklar

img
Thu, 03/02/2023 - 10:13

Sog‘lom ayol — sog‘lom jamiyat

Joriy yilning 1-mart kuni  universitet oʻqituvchi va xodima ayollari  oʻrtasida “Sogʻlom Ayol- sogʻlom jamiyat” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.   Ayollar birinchiligi sport tadbirida universitetning bir guruh ayollari faol ishtirok etishdi. 
Musobaqada O‘zbek tilshunosligi  kafedrasi ayollari yaqqol peshqadamlik qildilar. Albatta, ularga qarshi boshqa kafedra vakillari ham murosasiz kurash olib borishdi. Shunday qilib  1-oʻrinni Abdurahmonova Sayyora, 2-oʻrinni Qurbonova Farogʻat va 3-oʻrinni Oʻrazova Iqbol egallashdi. Musobaqada  faol  qatnashgan Bobomurodova Shoira va Rixsiyeva Kamolalarni ham alohida e'tirof etish zarur. Barcha musobaqa qatnashchilari universitetning  diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.