Yangiliklar

img
Tue, 09/20/2022 - 10:59

Sirtqi ta'lim shakli birinchi bosqich talabalari universitetda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti sirtqi ta'lim shaklining birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftasi boshlandi. 19-sentabrdan e'tiboran sirtqi ta'limda tahsil oluvchi yoshlar universitet sharoitiga moslashishlari, ta'limni tashkil etish bo'yicha ko'nikmalar hosil qilishlari uchun qator tadbirlar o'tkaziladi. Xususan, universitet ma'muriyati vakillari: soha prorektorlari, bo'lim boshliqlari, ijtimoiy tashkilotlarning vakillari , huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda talabalarga HEMIS tizimidan foydalanish, dars mashg'ulotlarini tashkil etish va me'yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish borasida tushuntirishlar berildi.