Yangiliklar

img
Thu, 04/25/2024 - 18:27

Sharq-u G‘arb adabiyotida gumanizm: Navoiy va Pushkin

2024-yil 25-aprel kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tomonidan “Sharq-u G‘arb adabiyotida gumanizm: Navoiy va Pushkin” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyani universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov o'z kirish so'zi bilan ochib berdi. U o'z nutqida so'ngi yillarda yurtimizda qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshiralayotgani va sifat jihatdan tobora takomillashayotgani, bu borada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti olimlarining alohida o'rni  borligini qayd etdi. 
Konferensiyada Turkiya, Rossiya, Qozog'iston va boshqa ko'plab xorijiy davlatlardan komprativist va adabiyotshunos olimlar faol ishtirok etishdi. 

 

Konferensiya Navoiy va Pushkin ijodida gumanizm konsepsiyasi, Navoiy va Pushkin ijodining global mohiyati, yosh tadqiqotchilar Navoiy va Pushkin haqida singari sho'balarda ish olib bordi.