Yangiliklar

img
Fri, 12/24/2021 - 13:57

QUTLOV!

Esingizda boʻlsa,  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan 2021-yil 16-24-noyabr kunlari “Til bilimdonlari” tanlovi 2-mavsumi tashkil etilgan edi.
Va unda,  
1-oʻrin: Junaydullayeva Mushtariy Avazbek qizi, ToshDOʻTAU  Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi — I darajali diplom hamda 2 million soʻm pul mukofoti;
2-oʻrin: Abdusharipova Mahliyo Xusnuddin qizi, ToshDOʻTAU Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi — II darajali diplom hamda 1,5 million soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritgan edi. 
Bugun “Yoshlar forumi 2021”ning tantanali yopilish marosimida ushbu bilimdonlarimizga diplom va sovgʻalar topshirildi. 
 Biz universitetimiz obro'yini yuksaklarga koʻtarishga oʻz hissasini qoʻshgan  talabalarni tabriklaymiz va kelgusi oʻqish va izlanishlarda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!