Yangiliklar

img
Sat, 02/25/2023 - 17:23

Qozog‘istonda Bobur kunlari

2023-yilning 24-25- fevral kunlari Universitet dotsenti M.Saparniyazova, A. Buranov va xorijiy mutaxassis Bahtiyar Aslan  Qozog'istonning Chimkent shahrida O'zbekistonning Qozog'istondagi Elchixonasi, O'zbek etnomadaniy markazi, J.Tashenov universiteti tomonidan tashkil etilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati" xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.
Anjumanning ikkinchi kuni Yusuf Saryomiy nomidagi 107-sonli maktab-litseyda Janubiy Qozog'istondagi 120dan ortiq o'zbek maktablari o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari bilan muloqot kuni bo'ldi, ular uchun seminar-treninglar tashkil etildi. Xususan, bugungi kunda pedagogik amaliyot o'tayotgan O'zbek tili ta'limi fakultetining 402-guruhi uchun 107-maktabning tajribali o'qituvchisi M.Shaniyazovaning 8-sinflarda o'tgan dars mashg'uloti to'g'ridan-to'g'ri  namoyish qilishdi.

Shuningdek, universitetimizda tahsil olayotgan qozog'istonlik magistrantlar bilan ham uchrashuv tashkil qilindi.