1-oktabr Mirobod tumani 328- sonli umumta’lim maktabida “Til-millat ruhi” mаvzusidа tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedra dоtsеnti Sаnоbаr Kuldаshеvа hamda maktab jamoasidagi barcha ustozlar, o‘quvchilar qatnashdilar.
16-oktabr Mirobod tumani 94- sonli umumta’lim maktabida “Ona tilim-jon-u dilim” mаvzusidа tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedra dotsenti N.Musulmonova hamda barcha ustozlar, o‘quvchilar qatnashdilar.
2025-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan “G‘ururimsan, iftixorimsan, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda kafedra dotsenti T.Tog‘ayev ma’ruza qildi.
18-oktabr Yangi hayot tumani 329- sonli umumta’lim maktabida “O‘zbek tilim – faxrim, g‘ururim” mаvzusidа tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedra dotsenti M.Madaminova hamda barcha ustozlar, o‘quvchilar qatnashdilar.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2025-yil 21-oktabr kuni “Sahna nutqi masalalari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti M.Shodmonova “Nutq madaniyati va til me'yorlari muvozanati” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” tadbiridan
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavha
Xalqaro seminar-treningdan lavha
“Til va ma’rifat chashmasi” nomli davra suhbatidan
Ona tili fanining yangi standartlari muhokamasidan
5-may kuni kafedra dotsenti To‘lqin Tog‘ayev Jizzax davlat pedagika universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tashkil qilingan “Tilshunoslik va til o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashdi.
2026-yil 15–18-may kunlari Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro olimpiadada Germaniya, Niderlandiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalaridan belgilangan nizom asosida hududiy bosqichlarda saralangan 14–18 yoshdagi vatandosh yoshlar ishtirok etdi. Xalqaro olimpiadani tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha Ilmiy qo‘mita tarkibida Universitetimizning O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Klaraxon Mavlonova ham faol ishtirok etdi.