Yangiliklar

img
Fri, 10/07/2022 - 18:36

O‘zbek oshxonasida mahorat darsi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida til o'rganayotgan KOICA tashkiloti ko‘ngillilari bugun universitet xalqaro aloqalar ofisi vakillari  bilan birgalikda o‘zbek  milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etdilar. 
Ma'lumki,  universitetimizda tashkil etilgan xorijliklar uchun o‘zbek tili  markazida o‘zbek madaniyati ham keng targ‘ib etiladi. 
Bugungi mahorat darslarida koreyalik tinglovchilar professional oshpazdan o‘zbek milliy palovi va milliy qaynatma sho‘rva tayyorlash sirlarini o‘rganishdi.  


"O‘zbek oshxonasi juda noyob.  Biz bunday mazali taomlarni tayyorlashni o‘rganib olganimizdan xursandmiz",  deydi markaz tinglovchisi.


Darhaqiqat,  o‘zbek tilini o‘rganish barobarida o‘zbek madaniyati,  urf-odatlari bilan yaqindan tanishish  til o‘rganuvchilar uchun ta'lim jarayonini osonlashtiradi,  moslashuv davridagi ko‘plab to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.