Yangiliklar

img
Sat, 02/25/2023 - 09:48

Oʻzbek amaliy sanʼati yoshlar nigohida

Joriy yilning 24-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti hamda Oʻzbekiston davlat amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi muzeyi  hamkorlikda “Oʻzbek amaliy sanʼati yoshlar nigohida” mavzusida anjuman tashkil etildi. Anjumanda muzey rahbariyati, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani A.Qodirov, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Rashidova, professor- oʻqituvchilar, tyutorlar talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar oʻzbek madaniyati, tarixini oʻrganish boʻyicha olib borilgan ishlarning muhimligini taʼkidlab oʻtishdi. Universitet binosida koʻchma koʻrgazma tashkil etildi, konferensiya ishtirokchilariga  muzey tarixi haqida batafsil maʼlumot berildi.