Yangiliklar

img
Fri, 12/24/2021 - 14:23

“Ona tili – millat gʻururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovi oʻtkazildi

Maʼlumki,  shu yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining 32 yilligi keng nishonlandi.
Shu farahli sana munosabati bilan  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining jamiyatimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilining faol qoʻllanishini taʼminlashga qaratilgan namunali ishlarni ragʻbatlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻrtasida “Ona tili – millat gʻururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovi oʻtkazildi. Tanlov yakunlari boʻyicha eng yaxshi ilmiy maqola, eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar, eng yaxshi oʻquv va atamalar lugʻati, eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi tarjima asari yoʻnalishlarida gʻoliblar aniqlandi. 
2021-yil 24-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining bir qator professor-oʻqituvchilari: universiteti professori, filologiya fanlari doktori Abdulhay Shukurovich Sobirov, Amaliy filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Xudoyberdiyevna Muhamedova,  Oʻzbek filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Boʻronovich Abdushukurov, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Laylo Raximovna Raupova hamda loyiha ishtirokchilari,  Til nazariyasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Turdiyevna Xolmanova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Maʼmurov Qosimboy,  Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta oʻqituvchilari Bumatova Aidaxon Merganovna, Xaydarov Avazxon Anvarovichlar gʻolib deb topildi va ularga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. 
Ustozlarni yutuqlar bilan tabriklaymiz.