Yangiliklar

img
Mon, 09/19/2022 - 14:43

Navoiy yodi ila yashaymiz mudom

Bugun "Adiblar xiyobonida" Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirokida  "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom"  nomli madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda pedagoglar hamda talabalar Navoiy hayotidan va uning ijodidan ilhomlangan holda  she'r, qo'shiq, g'azallar ijro etishdi. Talabalarning mumtoz adabiyotimizga,  jumladan,  Navoiy ijodiga hurmati beqiyos. Buni ularning tadbirga bo‘lgan ishtiyoq va tayyorgarligidan ham bilish mumkin.
 "Adiblar xiyoboni" dagi ijod va adabiyot tadbirlariga nafaqat talabalar,  balki adabiyotga ixlosmand  yurtdoshlarimiz, shahrimiz mehmonlari ham qiziqish bildirishmoqda. Adabiy  mushoiralar o‘tkaziladigan kunlarda ular ham tadbirlarni kuzatish va madaniy hordiq, ma'naviy ozuqa olish uchun xiyobonga tashrif buyurmoqdalar. Bugun talaba yoshlar ijro etgan sahna ko'rinishlari tomoshabinlarga ham manzur bo'ldi.