Yangiliklar

img
Tue, 08/30/2022 - 16:08

Muhim savollarga aniq javoblar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti qabul komissiyasi vakillari universitetga qabul qilingan va oshirilgan kontrakt asosida ta’lim olishni istagan yoshlar uchun maslahat markazi tashkil etdi.
Mavzu bo’yicha muhim savollaringizga javob beramiz:
1. Birinchi kursga qabul qilingan talabalar qachondan universitetga kelishlari kerak?
Javob: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-o’quv yili 2022-yilning 5- sentabrida boshlanadi. Barcha talabalikka qabul qilingan yoshlar shu kuni ta’lim muassasasida bo’lishlari talab etiladi.
2. To’lov shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan yoshlar to’lov shartnomasini qayerdan olishlari kerak?
Javob: kontrakt.edu.uz saytidan shartnomani onlayn yuklab olish mumkin. Sayt joriy yilning 5-sentabridan boshlab shartnomalarni yuklab olish tizimini ishga tushiradi. 
3. Superkontrakt asosida o’qish bo’yicha kimga murojaat qilish kerak?
Javob: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti qabul komissiyasiga murojaat qilib, ariza topshirishlari lozim. Arizalar kontrakt.edu.uz orqali qabul qilinadi va bu jarayon 2022-yil 5-sentabrdan boshlanadi.
Murojaat uchun: 
 +998 94 274 83 70 
4. Birinchi bosqichga talab qiligan yoshlardan qanday hujjatlar taqdim etishlari talab etiladi?
Javob: Talabalikka qabul qilingan yoshlar ushbu hujjatlarni kechiktirmagan holda o’zlari ta’lim olishni boshlagan OTMga taqdim etishlari shart:
1) Rektor nomiga ariza;
2) Pasportning 5 ta nusxasi;
3) Attestat yoki diplom;
4) IELTS, CEFR sertifikati (mavjud bo‘lsa);
5) 3,5×4,5 o‘lchamdagi 12 dona fotosurat;
6) Qog‘ozlar uchun papka;
7) Qog‘oz konvert;
8) Abituriyent ruxsatnomasi;
9) Javoblar varaqasi;
10) STIR (INN).