Yangiliklar

img
Sat, 08/27/2022 - 18:43

Magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 447-son qaroriga asosan 2022/2023-o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklarining 1-, 2-kursida tahsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-shartnoma puli davlat byudjetidan qoplanishi belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 4/20-2/12-17-son xatiga asosan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-shartnoma puli quyidagi tartibda davlat byudjetidan qoplab berilishini ma’lum qilamiz: 
1) 2022/2023-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida magistra mutaxassisliklarining 1-kursiga qabul qilingan xotin-qizlarga;
2) Magistratura mutaxassisligining 2-kursida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- 2021/2022-o‘quv yilidagi barcha fanlarni o‘zlashtirgan hamda buyruq asosida 1-kursdan 2-kursga o‘tkazilgan talabalarga;
- 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-shartnoma summasini to‘liq to‘lagan (tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinganlar ham) talabalarga;

3) 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-shartnoma summasidan qarzdorligi mavjud magistrlar 31-avgustgacha qarzdorlikni bartaraf etsa, joriy o‘quv yili uchun shartnoma puli davlat byudjetidan qoplab beriladi;

4) 2021/2022-o‘quv yilida fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalar joriy yilning 10-sentabriga qadar fanlarni qayta o‘zlashtirishi lozim, aks holda, ushbu imtiyoz ular uchun qo‘llanilmaydi;

5) 2021/2022 -o‘quv yilining 1-yarim yilligida  o‘z xohishi bilan akademik ta’til olgan 2-kurs talabalari fanlardan va to‘lov-shartnoma summasidan qarzdor bo‘lmagani holda 5-sentabrdan o‘qishni tiklashi lozim. Shunda ular ham ushbu imtizoz bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishlari mumkin;

6) avvalgi o‘quv yillarida kursdan kursga qolgan talabalar to‘lov-shartnoma puli va fanlardan akademik qarzdorligini bartaraf etib, 5-sentabrga qadar o‘qishini tiklagan bo‘lsa, to‘lov-shartnoma pulini davlat byudjetidan qoplab berish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishi mumkin;

7) 2021/2022-o‘quv yilining 1-semestrida tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinib akademik ta’til olgan talabalarga ushbu imtiyoz tatbiq etilmaydi, chunki mazkur toifadagi talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma summasini to‘liq to‘lamagan va o‘quv jarayonida qatnashmagan; 

8) magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning to‘lov-shartnoma pullarini davlat byudjetidan qoplab berish bo‘yicha arizalar joriy yilning 15-sentabriga qadar qabul qilinadi.