Yangiliklar

img
Thu, 03/09/2023 - 11:33

Latviyada o'qishni istaysizmi?

2023-2024-o‘quv yilida Latviya hukumati tomonidan mazkur davlat ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va yozgi oromgohda ishtirok etish uchun stipendiya tanlovi e'lon qilindi. Latviya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Ushbu tanlovda (bakalavriyat, magistratura, doktorantura, yozgi oromgoh) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2023-yil 1-aprelga qadar onlayn tarzda taqdim etishlari kerak. Hujjatlarning ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi zarur.
 Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan Latviya Respublikasi Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat agentligining www.viaa.gov.lv/en/latvian-state-scholarships, www.viaa.gov.lv/en/summer-schools, www.viaa.gov.lv/en/studies veb-sahifalarida tanishish yoki Agentlikning xalqaro
hamkorlik dasturlari katta mutaxassisi Marika Pira bilan scholarships@viaa.gov.lv elektron pochta manzili orqali bog‘lanish ham mumkin.